Nur sochayotgan ziyo maskanlari

Aholi orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, insonlarda yuksak kitobxonlik madaniyati va kitobga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Ushbu ezgu maqsadlarni ko‘zlagan holda Nurobod tuman hokimligi tashabbusi bilan tumandagi barcha 39 ta mahalla hududida mahalla kutubxonalari tashkil etilishi belgilangan.

Ushbu tashabbusning amaliy ijrosi sifatida bugun tuman hokimining 1-o‘rinbosari R.Ibragimov va Agrobank tashkiloti homiyligida tumanning “Buloqboshi” va “Nurafshon” mahallalariga o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara va durdona asarlaridan iborat kitoblar to‘plamlari topshirildi.

Shuningdek, Nurobod tumanida tug‘ilib o‘sgan, hozirgi kunda poytaxtimiz Toshkentda ijod qilib kelayotgan ziyolilarimiz Hasan va Husan Karvonlilar ushbu ezgu va xayrli ishga munosib hissa qo‘shish maqsadida “Mehnatkash” MFY mahalla kutubxonasiga o‘zbek adabiyotining nodir asarlari va dunyo bestsellerlaridan iborat 300 dan ortiq kitoblarni sovg‘a qilishdi.

Qilinayotgan bu kabi xayrli amallar mahalla aholisining kitobga oshno tutinishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazib, ma’naviy va axloqiy jihatdan yanada kamol topishiga xizmat qilishi, shubhasiz.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM