Nurobod tumanida bog‘cha yoshidagi bolalarning 8571 nafari, ya’ni 59,8 foizi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan

Bugungi kunda Nurobod tumanida bog‘cha yoshidagi bolalarning 8571 nafari, ya’ni 59,8 foizi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.

Yil yakunigacha ushbu ko‘rsatkichni 62.1 foizga yetkazish maqsad qilingan bo‘lib, bu yo‘lda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, tumanning Arabota, Bunyodkor va Lolazor mahallalaridagi oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etgan, ammo faoliyatini vaqtincha  yok butkul to‘xtatish arafasida turgan tadbirkorlar xonadoniga tuman hokimi o‘rinbosari S.Xujamiyarov va tegishli mas’ullar tashrif buyurib, o‘rganish ishlari olib bordi. 

Tadbirkorlarni qiynab kelayotgan qiyinchilik va muammolar tinglanib, ularning faoliyatini  qayta tiklashi, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda belgilangan tartib asosida amaliy yordamlar berish va tumanda bog‘cha yoshidagi bolalarni ta’limga yanada kengroq qamrab olish bo‘yicha huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berilib, muammolar yechimi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM