Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun Nurobod tuman hokimligida  tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i Sh.Qorayev va soha mas’ullari ishirokida Nurobod tumanida Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar to‘g‘risida matbuot anjumani tashkil etildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-martdagi Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida bahorgi ko‘chat ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlariga asosan bahorgi mavsumda respublikamiz bo‘ylab 125 million tup ko‘chat ekish belgilangan bo‘lib, Nurobod tumanida bu ko‘rsatkich 600 000 tani tashkil etadi.

Sh.Qorayevning ta’kidlashicha, ushbu topshiriqlarning amaldagi ijrosi o‘laroq, Nurobod tumanida Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida 633 ming 860 dona daraxt ko‘chatlari ekilib, reja 105,6 % ga bajarildi.

Atrof-muhitga ta’sir xavfi yuqori va o‘rta darajadagi toifalarga mansub 3 ta sanoat korxonalari atrofida 2 ming 300 dona manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, “Yashil belbog‘ ” lar barpo etildi.

 Albatta, ko‘chat ekilayotganda tumanning iqlim sharoitiga, yashab qolish holatiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Joylarda katalpa, qayrag‘och, ayland, chinor, jiyda, yong‘oq, behi, sharq tuyasi, olma, olcha, o‘rik va boshqa manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari davom etmoqda.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM