Navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi S. Berdiqulovning tuman aholisi uchun haftaning har chorshanba kuni muntazam tashkil etib kelinayotgan navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda tuman hokimi S.Berdiqulov, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Sayyor qabulda fuqarolardan 40 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlar asosan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichki yo‘llar ta’miri, bandlikni ta’minlash, kadastr, tibbiyot, subsidiya va turli moddiy yordamlar olish kabi masalalar yuzasidan yo‘llandi.

Tuman rahbari barcha murojaatlarni qisqa fursatlarda, ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi hamda ijrosi nazoratga olindi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM