Nurobod tumanida archa unsimon qurtiga qarshi kurash masalasida matbuot anjumani o‘tkazildi

Nurobod tumani hokimligida Samarqand o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Nurobod tuman bo‘limi boshlig‘i E.Suyarov va mas’ullar ishtirokida archa unsimon qurti zararlari va unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan  ishlar  to‘g‘risida matbuot anjumani tashkil etildi.

Butun Respublikamiz bo‘ylab hosildorlikning keskin kamayishiga, daraxtlarning qurib qolishiga sababli bo‘ladigan zararkundalarga qarshi kurash va jamoatchilik orasida targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida  "Dolzarb o‘n besh kunlik" tadbirlari belgilab berilgan edi.

E.Suyarovning ta'kidlashicha, ushb tadbirlar ijrosi bo‘yicha Nurobod tumanida fitosanitariya nazorati kuchaytirilib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini, archaning novda va barglarini so‘rib zarar yetkazadigan archa unsimon qurtidan samarali himoya qilish va manzarali daraxtlarni  saqlab  qolish choralari ko‘rilmoqda.

Ushbu zararkunandaga qarshi kurash jarayonida qilinadigan ishlar:

archa unsimon qurtini ichki karantin ahamiyatga molik zararkunanda sifatida ro‘yxatga olish, zararkunanda tarqalgan joylar va hududlarni aniqlash hamda bu joylardan archa ko‘chatlarini boshqa joylarga yuborilishini qat’iyan taqiqlash;
zararkunandaga qarshi kurashda uning tuxumdan lichinka ochib chiqish davridayoq kimyoviy preparatlarni qo‘llashni boshlash;
archa unsimon qurti bilan jiddiy shikastlanib, qurish holatiga kelib qolgan daraxtlarni kesish va kasallik keng tarqalib ketishining oldini olishi uchun ularni o‘sha joyning o‘zida  yoqib yuborish;
agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish.

Nurobod tumani bo‘ylab sohaning malakali mutaxassislari tomonidan archa unsimon qurtlariga qarshi kurashish uchun barcha zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilib, fuqarolarga unsimon qurtning zararlari, oqibatlari hamda muammoning yechimi yuzasidan kerakli tushuntirish va tavsiyalar berib borilmoqda.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM