Xitoylik investorlar bilan hamkorlik kelishuvlariga erishilmoqda

O‘zbekiston va Xitoy mamlakatlari o‘rtasida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari izchil va samarali rivojlanmoqda.

Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi S.Berdiqulov va xitoylik ishbilarmonlar ishtirokida tumanda tog‘-kon sanoatini rivojlantirish, soha doirasida qo‘shma loyihalar amalga oshirish va buning uchun kiritiladigan xorijiy investitsiya masalalarida uchrashuv o‘tkazildi.

Xitoylik investorlar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalaridan, kelgusida bunday loyihalar va hamkorlikning yanada kengayishidan mamnun ekanliklarini ta’kidlashdi.

Tuman rahbari ham ushbu xorijiy investitsiya loyihasini to‘liq qo‘llab-quvvatlab, kommunikatsiya, yo‘l infratuzilmasi va boshqa sohalarda amaliy yordamlar berilishini ta'kidladi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM