Nurobodda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, bog‘ yaratish ishlari davom etmoqda

Nurobod tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish, bog‘ yaratish ishlarida tuman hokimligi, tumandagi davlat va nodavlat tashkilotlari rahbar va xodimlari, keng aholi vakillari faol ishtirok etishmoqda.

Bugun Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov va mas’ullar 1-sektor hududidagi “Sharq Yulduzi” mahallasida hududni yashil maskanga, havosi musaffo, toza hududga aylantirish maqsadida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekishda faol ishtirok etishdi.

Ushbu nihollar kelajakda tumanimiz ko‘rkiga ko‘rk, husn va yashillik qo‘shishdan tashqari hudud havosi musaffoligini oshirishda, aholi salomatligini ta’minlashda muhim o‘rin tutishi, shubhasiz.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM