Harbiy qismda bir kun

Bugun Nurobod tumani hududida joylashgan 36184-son harbiy qismda yosh avlodni vatanparvarlik, xalqiga, vataniga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, harbiy xizmat to‘g‘risida zaruriy tushunchalar berish hamda uzviy hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida “Harbiy qismda bir kun” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Nurobod tumani IIB tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda o‘quvchi-yoshlar va harbiylar ishtirok etishdi.

Yoshlarga harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, harbiy xizmatchilarning kundalik xizmat faoliyati, jismoniy mashg‘ulotlar, harbiy texnika va qurollar hamda ulardan foydalanish tartibi, saf qoidalari va boshqa masalalar yuzasidan tushunchalar berilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM