Nurobod tumanida xotin-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press-tur o'tkazildi

Bugun Nurobod tumani Qilichli mahallasida xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatlari bilan shug'ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish, "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bilan samarali ishlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish borasida qilingan ishlar holati bilan yaqindan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi.

Press-tur davomida mahallada xotin-qizlari uchun yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar, buning samarasi, erishilayotgan yutuqlar hamda bu borada mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan qilinayotgan ishlar ko'zdan kechirildi.

Dastlab "Ayollar daftari"ga kiritilib, keyinchalik tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi hamda tegishli mas'ullar yordami bilan tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'ygan, harakati va halol mehnati tufayli turmushiga farovonlik, ro'zg'origa baraka qo'shilgan ayollar xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

Ular bugungi kunda yaratib berilgan sharoitlardan mamnunligini ta'kidlab, boshqa xotin-qizlarni ham faol bo'lishga, imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirdi.

Press-tur yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM