Nurobod tumani va xitoylik investorlar o‘rtasida hamkorlik kelishuvlari imzolandi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston va Xitoy mamlakatlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik munosabatlari izchil va samarali rivojlanib bormoqda.

Bugun Nurobod tuman hokimligida investitsion hamkorlikni yanada kengaytirish, qishloq xo‘jaligi, sutni qayta ishlash, shisha sanoati buyumlari ishlab chiqarish kabi loyihalar yuzasidan xitoylik ishbilarmonlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida xitoylik investorlar so‘nggi yillarda yurtimiz iqtisodiyoti va sanoati jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotganligini ta’kidlab, Xitoy davlatining yurtimiz bilan hamkorligidan mamnun ekanligini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida xitoylik investorlar bilan  tashkil etilishi rejalashtirayotgan loyihalarga investitsiya kiritish, loyihalar amalga oshiriladigan hudud va zamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori sifatli kommunal infratuzilmani yaratish kabi masalalarda kelishuvlarga erisihildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM