Xitoylik investorlar bilan hamkorlik kelishuvlariga erishildi

O‘zbekiston va Xitoy mamlakatlari o‘rtasida turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlik izchil va samarali rivojlanmoqda.

Nurobod tumanida investitsion hamkorlikni yanada kengaytirish hamda chorva mollarini yetishtirish, sutni qayta ishlash, yengil avtomashinalar ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va qayta ishlash sohalarida manzilli loyihalarni amalga oshirish maqsadida XXRning Shansi, Sichuan, Xebey va Sinszyan provinsiyalari ishbilarmon vakillari tumanga tashrif buyurdi.

Tuman hokimi S.Berdiqulov va xitoylik ishbilarmonlar uchrashuvida ikki tomonlama hamkorlik va yangi investitsiya masalalari muhokama qilinib, kelishuvlarga erishildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM