Hashar – bobomeros ezgu qadriyat

Bugun Nurobod tumani bo‘ylab joylarda umumxalq hasharining birinchi kuni doirasida xayriya va bunyodkorlik ishlari  bo‘lib o‘tdi.

Hasharda tumandagi korxona va tashkilot xodimlari, fuqarolar va yoshlar faol ishtirok etishdi.

Ko‘chalar, yo‘l atroflari, aholi turarjoylari, qabristonlar, masjidlar, stadionlar va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash hamda tumanni yashil makonga aylantirish, ko‘kalamzorlashtirish maqsadida ko‘plab yangi nihollar o‘tqazildi, daraxtlar oqlanib, tagi yumshatildi.

Hududlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz keksalar holidan xabar olinib, ularning yashash joylarini obodonlashtirish, ta’mirlash ishlariga amaliy ko‘maklashildi.

Bunday ezgulik va bunyodkorlik ishlari 17- 18 mart kunlari ham hududlarda davom ettiriladi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM