NUROBOD TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BO‘LIMIGA YANGI RAHBAR TAYINLANDI

Bugun Nurobod tuman hokimligining katta majlislar zalida tuman hokimi S.Berdiqulov hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Eshonqulov raisligida maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi xodimlari, maktab direktorlari, MTT rahbarlari hamda mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Karimov Latif Abduhakimovich – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri buyrug‘i bilan Nurobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Hozirga qadar L.Karimov viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida faoliyat yuritib kelgan.   
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM