"Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2024-yilgi mavsumiga rasman start berildi

Bugun Respublikamizning 14 ta hududidagi barcha  208 ta tuman va shaharlarining yoshlari ishtirokida "Besh tashabbus olimpiadasi" 2024-yilgi mavsumining tantanali ochilish marosimi onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.

Yurtimizning 12 viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridagi barcha tuman va shaharlar yoshlari  "Besh tashabbus olimpiadasi"ning oldingi mavsumlarida g‘olib bo‘lgan vakillari orqali musobaqaga to‘liq tayyorliklarini bildirishdi.

Shundan so‘ng olimpiadaning o‘tkazilishiga mas'ul rahbarlar tomonidan ramziy start tugmasi bosildi va barcha hududlar uchun bir vaqtda  "Besh tashabbus olimpiadasi  — 2024"ga rasman start berildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM