Nurobod tumanida elektr energiyasi ta’minoti masalasida matbuot anjumani o‘tkazildi

Nurobod tuman hokimligida tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Zafar Boboyorov va mas’ullar ishtirokida qish-bahor mavsumida elektr energiyasi ta’minotida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Z.Boboyorovning ta’kidlashicha, bugungi kunda Nurobod  elektr ta’minoti korxonasida 5 dona nimstansiya bo‘lib, Nuroboddagi iste’molchilarni elektr energiyasi bilan  ta’minlab kelmoqda. Nurobod tuman elektr ta’minoti iste’molchilari soni jami 32440 ta bo‘lib,  shundan  31055 tasi jismoniy, 1385 tasi yuridik shaxslar.  ASKUE elektr hisoblagich jami  28326 dona o‘rnatilgan bo‘lib, shundan  27180 donasi jismoniy shaxslarga, 1146 donasi yuridik iste’molchilarga onlayn tizimda ishlamoqda. Nurobod tuman elektr ta’minot  korxonasi tasarrufida 5 dona nimstansiya bo‘lib, shundan chiquvchi 25 ta fiderlar va iste’molchilar tasarrufida bo’lgan 3 dona nimstansiyadan chiquvchi 10 fiderlarga  Nurobod tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. Ushbu fiderlarning 6-10 kV uzunligi 902.3 km ni tashkil qiladi. Shu fiderlarga ulangan  771 dona transformator punktlarning 622 donasi   Nurobod tuman elektr ta’minoti tasarrufida bo‘lsa, qolgaan 149 donasi iste’molchilar tasarrufida. Nurobod tumanida 39 mahalla mavjud bo‘lib, shundan 37 tasiga Nurobod tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. 2023-2024 yillar davomida kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha transformator punkti hamda havo elektr tarmog‘ini mukammal va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha hozirgi kunga kelib reja doirasida 125 dona transformator punkti va 597.3 km uzatish tarmoqlari bajarilgan. 2024-2025 yillar davomida Kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha transformator punktini va havo elektr tarmog‘ini mukammal va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 125 dona transformator punkti va 621.9  km uzatish tarmoqlari rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunga kelib reja bo‘yicha 3 dona transformator punkti va 17.9 km uzatish tarmoqlari bajarilgan. Girdiqurg‘on mahallasida, 1 dona 100/10 kVA lik transformator,70 dona temir beton ustunlar,0.3km AS-50 marka sim,  2.3km SIP-2, 1.5 km SIP-4 kabellari o‘rnatib, ishga tushirib berilgan.

Nurobod  TETda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-408-sonli qaroriga asosan jami:  Saroy mahallasida, 1 dona 100/10 kVA lik transformator 47 dona temir beton ustunlar, 0.4 km AS-50 marka sim 1.6km SIP-2, 1.2 km SIP-4 kabellari o‘rnatib ishga tushirib berilgan. 7 ta mahallalarga 154 dona temir beton ustunlar va 8.7 km 0.4-6-10 kVli havo tarmog‘i yangilanish ishlari olib borilib  ishlari yakunlangan. Nurobod  TETda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-408-sonli qaroriga asosan jami:  Saroy mahallasida, 1 dona 100/10 kVA lik transformator, 47 dona temir beton ustunlar, 0.4 km AS-50 marka sim 1.6km SIP-2, 1.2 km SIP-4 kabellari o‘rnatib ishga tushirib berilgan. Hozirgi kunda Nurobod elektr tarmoqlarida korxonasida avariya holatida tezkorlik bilan bartaraf qilish uchun 1 ta tezkor brigada va 7 ta ustachilik bo‘limilari tomonidan  avariya holatida tezkorlik bilan bartaraf qilish choralari ko‘riladi.

Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha berilgan savollarga Z..Boboyorov tomonidan batafsil javoblar berildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM