Munosabat

Joriy yilning 5-mart kuni Zarnews.uz Telegram kanalida Nurobod tumani Chorvador mahallasi, Hazarmali qishlog‘i fuqarolarining qishloq ichki yo‘llari ta’mirtalab ahvolda ekanligi to‘g‘risida videolavhali murojaati e’lon qilindi.

Mazkur murojaat tuman hokimligi hamda tuman obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqildi.

Chorvador mahallasi, Hazarmali qishlog‘ining ichki xo‘jalik yo‘llari davlat dasturlari asosida 7 km,  “Tashabbusli budjet” mablag‘lari hisobidan 7,7 km, hashar orqali 0,3 km ichki tuproq yo‘llari tosh-shag‘al qoplamali yo‘llarga aylantirilgan.

Videolavhadagi ichki ta’mirtalab tuproq yo‘li Hazarmali qishlog‘ini Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi Xardiri qishlog‘I bilan bog‘lovchi ichki xo‘jalik yo‘li bo‘lib, uning jami uzunligi 11 kmni tashkil etadi.

Bugungi kunda mazkur yo‘lning 7,7 km qismi ta’mirlangan bo‘lsa, qolgan 3,3 km qismi ta’mirtalab ahvolda ekanligi aniqlandi.

Ushbu ta’mirtalab 3,3 km ichki xo‘jalik yo‘li manzilli dasturlar asosida joriy yilning III chorak yakuniga qadar tosh-shag‘al qoplamali yo‘llarga aylantirilishini ma’lum qilamiz.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM