Nurobod tumani hokimi Berdiqulov Sirojiddin Valiqulovichning Nurobod tumani yoshlariga murojaati

Assalomu alaykum, Aziz yurtdoshlar!

Aziz nurobodlik yoshlar!

Muhtaram Yurtboshimiz boshchiligida Siz aziz yoshlarga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

2024-yilga yurtimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qilingani ham bejiz emas.

Siz kabi shashti baland, maqsadi aniq yoshlar bor ekan, mamlakat taraqqiyoti va uning istiqbolini tasavvur qilish qiyin emas, albatta.

Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi rolingiz tobora ortib borayotganini ko‘rib turibmiz.

Joriy yilda tumanimizda yoshlar bilan manzilli ishlash borasida oldimizda ulkan vazifalar turibdi.

Bu vazifalarni amalga oshirish uchun o‘tgan yilning o‘zida tumanimizda “Yoshlar daftari” orqali 550 nafar yoshlarga 1 mlrd 107 mln so‘mlik yordam ko‘rsatildi.

Yoshlar balansi” asosida ming 442 nafar “qizil” toifadagi yoshlar sektor va tashkilot rahbarlariga nomma-nom biriktirildi. Amaliy choralar natijasida ularning hammasi “yashil” toifaga o‘tkazildi.

Har bir mahallada “fuqarobay” tasdiqlangan “Yoshlar bandlik dasturlari” amalga oshirilib, 1 ming 441 nafar ishsiz yoshlarimizning va  942 nafar maktab bitiruvchilarining bandligi ta’minlandi.

Shuningdek, yoshlarning 525 nafariga 13 mlrd so‘m imtiyozli kredit, 82 nafariga dehqonchilik uchun 41 gektar ekin maydonlari ajratildi.

Mahalla, maktab, professional ta’lim va oliygohlar tizimida o‘tkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqalarda tumanimizning 15 nafar yoshlari yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi.

Lekin, tumanimizda yoshlarning haq-huquqlari va manfaatlarini kafolatlash, ularni barkamol qilib tarbiyalash, hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga qaratilgan ishlarimizni yanada takomillashtirishimiz lozim.

Shu bois, joriy yilda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,  ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘ramiz.

Buning uchun, birinchi navbatda “Yoshlar daftari” tizimi orqali  804 nafar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishga asosiy e’tiborimizni qaratamiz.

“Yoshlar balansi” asosida 461 nafar davlat ko‘magiga muhtoj yoshlarni sektor va tashkilot rahbarlariga biriktirib, yil yakuniga qadar ularni to‘liq “yashil” toifaga o‘tkazamiz.

Yil yakuniga qadar tadbirkorlik qilish istagidagi 650 nafar yoshlarimizning biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 15 mlrd 500 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratamiz.

Dehqonchilik qilish istagidagi 374 nafar yoshlarga 187 gektar unumdor ekin maydonlaridan ajratilib, har bir yoshning yiliga o‘rtacha 25-30 mln so‘m daromadga ega bo‘lishini ta’minlaymiz.

“Yoshlar bandlik dasturlari” orqali 8 ta mahallani yoshlar ishsizligidan holi hududga, “Harakatlar rejasi” orqali 15 ta mahallani yoshlar jinoyatchiligidan holi hududga aylantiramiz.

Shuningdek, xorijda ishlash istagidagi 145 nafar yoshlarni monomarkaz, kasb-hunar markazi va texnikumda chet tili va kasb-hunarga o‘qitib, tashkillashtirilgan tartibda rivojlangan davlatlardagi xavfsiz va yuqori daromadli ish o‘rinlariga yuboramiz.

200 nafar bitiruvchilarimizni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlaymiz.

Xorijiy til sertifikatiga ega yoshlar sonini 1500 nafarga, yosh kitobxonlar sonini ming nafarga yetkazish choralarini ko‘ramiz.

Buning uchun o‘quvchi yoshlarimizni ikkita xorijiy til va bitta kasbga o‘rgatish bo‘yicha maktablarda barcha zarur sharoitlarni yaratamiz.

Ay-Ti sohasiga qiziqishi bor 80 nafar yoshlarni “Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi” loyihasiga jalb qilish orqali sohadagi yuqori daromadli ishlar bilan ta’minlaymiz.

Shuningdek, tumanimizda 7 ta maktab, 1 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 2 ta sport maydonchalari, 1 ta yoshlar sayilgohi, ta yoshlar ijod ko‘chasi tashkil etiladi.

 

Hurmatli yoshlar!

Ilm-ma’rifat va kasb-hunarga intilish, oilani muqaddas bilish, ma’naviy poklik, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, ezgu qadriyatlarga sadoqat kabi fazilatlar azaldan xalqimiz va millatimizning qonida bo‘lib kelgan. Biz mana shunday bebaho merosimizni nafaqat asrashimiz, balki uni yanada boyitishimiz, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazishimiz kerak.

Shu o‘rinda, hurmatli ota-onalarimiz, bobolarimiz va buvilarimizni, jonkuyar ustoz va murabbiylarni, muhtaram ziyolilarimizni, keng jamoatchilikni bu masalaga befarq bo‘lmasdan, yoshlar tarbiyasiga qaratilgan ishlarimizni yanada kuchaytirishimiz zarur.

Aziz farzandlarimizni buzg‘unchi va zararli g‘oyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik, ma’naviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etishda barchamiz, avvalo, siz, aziz yoshlar faol bo‘lishingiz kerak.

Biz tuman rahbariyati siz aziz yoshlarni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.

Tumanimiz, mahallamiz, qishloqlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda siz yoshlarni tashabbuskor va faol bo‘lishga chaqirib qolamiz.

 

Etiboringiz uchun rahmat!

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM