Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining sakson uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-VI-sonli qarorining tumandagi ijrosi, 2023-yilning 12 oyi davomida tumanda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida olib borilgan ishlar, 2023-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-7-sonli qarorining tumandagi ijrosi, tumanda investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 12-fevral kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ustuvor ravishda yoshlarga yer maydonlari ajratish haqida berilgan topshiriqlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida, Nurobod tumanida “Ayollar daftari”ga (5-bosqich) kiritiladigan xotin-qizlar ro‘yxati hamda ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi, tuman mahalliy budjetining 2024-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ajratiladigan mablag‘lar va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Xalq vakillari tomonidan har bir masala atroflicha muhokama qilinib, yakunda ovoz berish yo‘li bilan tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM