Mas’ullar va xotin-qizlar faollari ishtirokida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular o‘rtasida jinoyatchilik holatlarining oldini olish, gender tenglikni ta’minlash masalalarida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Nurobod tuman hokimligida viloyat IIB, tuman hokimligi mas'ullari hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirokida tumanda ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ushbu jinoyatlarning sodir etilish sabablari va oqibatlari haqida so‘z yuritilib, bunday holatlar takrorlanishining oldini olish uchun qilinishi lozim bo‘lgan tizimli ishlar belgilab olindi hamda mas’ullarga kerakli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida masala yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM