Fuqarolar va yoshlar uchun navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi

Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida fuqarolar va yoshlar uchun navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda tuman hokimi S.Berdiqulov, Xalq qabulxonasi, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etib, fuqarolarning 20 dan ortiq murojaatlari tinglandi.

Murojaatlar asosan kadastr, elektr energiyasi, tabiiy gaz, bandlik, yer bilan bog‘liq munosabatlar, tibbiyot va moddiy yordam masalalarida yo‘llandi.

Aksariyat murojaatlar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, qolgan muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga muammoni tez fursatlarda ijobiy hal etish bo'yicha vazifalar belgilandi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM