Nurobodlik 60 yoshli fuqaroga tug‘ilganlik haqida guvohnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjat: ID-karta topshirildi

60 yoshga to‘lsa-da fuqaro sifatida rasmiy hujjatga ega bo‘lmaslikning achchiq alami, iztirobini Nurobodlik Mahmadali Bobojonov yaxshi tushunadi. Boshiga kelgan sinovlar va boshqa muammolar sabab na tug‘ilganlik guvohnomasi va na shaxsini tasdiqlovchi pasport ololgan.

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida tuman markazidan 120 kilometr uzoqlikdagi “Sahoba” mahallasida yashovchi 60 yoshli fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Tuman FHDY bo‘limi tomonidan zaruriy hujjatlar to‘planib, dastlab tug‘ilganlik guvohnomasi berildi. Keyin shu asosda ID-karta olishga ko‘maklashildi. Loyiha doirasida bir fuqaroning ikki hujjatli bo‘lishiga erishildi. Uning hayotida endi tub burilish: Mahmadali Bobojonov fuqaro sifatida barcha huquq va imkoniyatlardan rasman foydalana oladi.

Adliya vazirligi sizni ham eshitishga, huquqiy yordam ko‘rsatishga tayyor. 1148 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM