Muhokama yig‘ilishi bo'lib o'tdi

Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi S.Berdiqulov, tuman soliq inspeksiyasi rahbari M.Erkinov va soha xodimlari hamda hokim yordamchilari ishtirokida muhokama yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

Yig‘ilishda tuman rahbari tomonidan soliq tizimida qilinayotgan islohotlar, ijro intizomi va xodimlar xizmat faoliyatida yuzaga kelayotgan kamchilik va nuqsonlar, yo‘l qo‘yilayotgan sustkashliklar, soliq tushumlari va boshqa ko‘plab masalalar yuzasidan atroflicha so‘z yuritildi va muhokama qilindi.

Aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi mas'ullar zimmasiga yuklatildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM