Nurobod tumani yoshlar markazida tuman hokimi, 1-sektor rahbari S.Berdiqulovning tuman aholisi uchun navbatdagi sayyor qabuli bo’lib o’tdi

Bugun Nurobod tumani yoshlar markazida tuman hokimi, 1-sektor rahbari S.Berdiqulovning tuman aholisi uchun navbatdagi sayyor qabuli bo’lib o’tdi.

Sayyor qabulda fuqarolar hayotida uchraydigan muammolarga barham berish, ularni qiynab kelayotgan masalalarni ijobiy hal qilish, shuningdek xalqni rozi qilishdek ezgu ishlarni amalga oshirishga bosh maqsad sifatida yondashildi.

Qabulda fuqarolar va yoshlar tomonidan elektr energiyasi, gaz, imtiyozli kredit olish, kadastr, ta'lim krediti, ichki yo‘llar ta'miri, moddiy yordam olish, tibbiy va boshqa masalalar yuzasidan 20 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.

Har bir murojaat atroflicha tahlil qilinib, muammolarni qisqa fursatlarda, ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM