Qogʻozdagi raqamlar amaliy natijaga aylanishi shart va zarur — Prezident

Bugun belgilab berilgan vazifalar ijrosi uchun masʼuliyatni, intizom va nazoratni kuchaytirish talabi qoʻyildi.

Yigʻilishda Qishloq xoʻjaligi vazirligi rahbariyatiga ilgʻor tajribalar asosida qishloq xoʻjaligining har bir tarmogʻini rivojlantirish, sohaga innovatsiyalarni olib kirish boʻyicha takliflar va amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqib, taqdimot qilish topshirildi.

Bugun belgilab berilgan vazifalar ijrosi uchun masʼuliyatni, intizom va nazoratni kuchaytirish talabi qoʻyildi.

Topshiriqlar ijrosini muvofiqlashtirish uchun Vazirlar Mahkamasida shtab tashkil qilinadi. Shtabda kunlik nazorat va haftalik muhokama qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

“Har bir rahbar samaradorlik va talabchanlikni sezishi kerak, qogʻozdagi raqamlar amaliy natijaga aylanishi shart va zarur”, — dedi Prezident soʻzining yakunida.

Yigʻilish davomida qishloq xoʻjaligi masʼullari va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM