Nurobod tumani tibbiyot birlashmasidagi ijro intizom holati o‘rganildi

Bugun Nurobod tumani hokimligi mas'ul ishchi guruhi tomonidan  tuman tibbiyot birlashmasida yo‘lga qo‘yilgan ijro intizom holati o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarorining Nurobod tumanida ijrosi ta’minlanishi yuzasidan batafsil o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar natijasida tuman tibbiyot birlashmasida ijro intizomi, davlat tilida ish yuritish qoidalariga qanchalik amal qilinayotganligi, ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosida yuritilayotganligi va boshqa masalalar yuzasidan aniqlangan xato va kamchiliklarni qisqa fursatlarda bartaraf etish lozimligi ta’kidlandi hamda kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM