Nurobod tumani Sport maktabi qizlar jamoasi O‘zbekiston kubogida shohsupadan joy oldi

Joriy yilning 5-12-fevral kunlari Samarqand viloyati Tayloq tumanida sportning voleybol turi bo‘yicha 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Nurobod tumani Sport maktabi qizlar jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yosh va umidli sportchilarimizning kelgusidagi sport faoliyatida omad va zafarlar tilab, ularning eng nufuzli turnirlar — jahon chempionati, olimpiada o‘yinlari bahslarida g‘olib bo‘lishlariga tilakdoshmiz.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM