NUROBOD O‘G‘LONI RESPUBLIKADA TENGSIZ

Nurobod azaldan o‘zining pahlavonlari, kuragi yerga tegmagan polvonlari bilan ajralib turadi.

Ana shunday yosh umidli kurashchilarimizdan biri, Nurobod o‘g‘loni Jo‘rabek Eshpo‘latov kurash bo‘yicha Respublika ochiq chempionatida 83 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda O‘zbekiston chempioni degan sharafli nomga sazovor boְ‘ldi.

Ushbu g‘alabasi orqali Jo‘rabek nufuzli musobaqa — kurash bo‘yicha Yoshlar festivali (Deti Azia) o‘yinlariga yo‘llanma va  vatanimiz sharafini xalqaro miqyosda himoya qilish imkonini qo‘lga kiritdi.

Yosh va iste'dodli sportchimizga oldinda turgan muhim musobaqalarda va kelgusidagi sport faoliyatida omad tilab qolamiz.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM