Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻyildi

Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun, 8-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi.

Oliy martabali mehmon majmua meʼmoriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.

Vatanimizning 3 ming yillik tarixida yuz bergan eng muhim voqealarni oʻzida ifoda etgan ushbu majmua Belarus delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi.

Taʼkidlash joizki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan bunyod etilgan mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi anʼanaga aylangan.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM