NUROBODDAGI MAHALLA MAS'ULLARI UCHUN O‘QUV-SEMINАRI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Nurobod tumanidagi 18-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida tumanning 3 va 4-sektoridagi mahalla yettiligi uchun o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda malakali trenerlar tomonidan mahalla yettiligi faoliyatini tashkil etish, mahallalar uyushmasining asosiy vazifalari, mahalla byudjeti tizimi, mahallalarda agentlar orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari, “MOBILE-ID” tizimidan samarali foydalanish hamda maʼnaviyat va maʼrifat yoʼnalishlaridagi maʼruzalar qilinib, huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, seminar davomida mahalla raisining, hokim yordamchilarining, yoshlar yetakchisining, xotin-qizlar faolining, profilaktika inspektorlarining, ijtimoiy xodimning, mahalla soliq inspektorining asosiy vazifa va huquqlariga batafsil to‘xtalib o‘tildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM