Noqonuniy o‘rnatilgan reklama vositalari tartibga solinmoqda

Nurobod tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan tuman hududidagi tashqi reklama vositalari, peshlavhalar, reklama bannerlari va boshqa ko‘rgazmali  axborot matnlarini o‘rganish ishlari olib borildi.

Faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlaridagi noqonuniy o‘natilgan, sifati talabga javob bermaydigan reklama vositalari olib tashlandi.

Tadbirkorlar ishchi guruh tomonidan "Reklama to‘g‘risidagi qonun" talablariga rioya etishlari to‘g‘risida ogohlantirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tadbirkorlik subyektlariga huquqiy tushuntirishlar va tegishli tavsiyalar berildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM