TAYINLOV: O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Nurobod tumani bo‘limi rahbari tayinlandi

Xamrayev Latif Ovg‘anovich O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Nurobod tumani bo‘limi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Latif Xamrayev 1980-yil Nurobod tumanida tug‘ilgan.  Ma’lumoti oliy. 1999-yil Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi texnik (o‘qotar qurollari mutaxassisi).

L.Xamrayev ushbu tayinlovga qadar Nurobod tumani Sharq yulduzi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

L.Xamrayevning kelgusidagi xizmat faoliyatiga omad va ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Nurobod tumani hokimligi Axborot xizmati
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM