Nurobodda tadbirkorlik faoliyati qo‘llab-quvvatlanib, yangi ish o‘rinlarini yaratish rag‘batlantiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-7-sonli qarori (https://lex.uz/docs/6752402) ijrosini joylarda amalga oshirish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi Nurobod tumanida bo‘ldi.

Tuman hokimligida o‘tgan seminarga tumandagi iqtisodiy kompleks rahbarlari hamda mahallalardagi hokim yordamchilari taklif etildi.

Seminar davomida Markaziy bank, Milliy bank, Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi, tuman hokimligi mas'ullari tomonidan yuqoridagi qarorning mazmun-mohiyati hamda ishlash prinsiplari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berilib, taqdimotlar qilindi. 

Seminarda mahallalardagi hokim yordamchilarining o‘rni va vazifalariga to‘xtalib, ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM