Nurobodda yangi mini-futbol o'yingohi ochildi

Bugun Navoiy kon-metallurgiya kombinati Nurobod hududiy boshqarmasiga qarashli “Madadkor” mini-futbol maydonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali ruhda o‘tgan tadbirda tuman hokimligi, Janubiy kon boshqarmasi, korxona va tashkilotlar mutasaddilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi hamda ushbu ezgu ishga o‘z hissasini qo‘shgan barchaga minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, marosimning haqiqiy bayram tusiga kirishini ta’minladi.

Ushbu yangi stadion tashkilot xodimlarining sportga oshno tutinishiga, salomatligini mustahkamlashiga xizmat qilishi, shubhasiz.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM