Nurobodda aholi muammolari tinglandi

Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida Xalq qabulxonasi, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan qabul davomida fuqarolar tomonidan o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan 30 ga yaqin murojaatlar yo‘llandi.

Murojaatlar, asosan  tabiiy gaz, qurilish, kadastr, nafaqa pullari, moddiy yordamlar, aliment, subsidiya ajratilishi va qurilish sohalarida so‘ralgan amaliy yordamlardan iborat bo‘ldi.

Muammolarni qisqa fursatlarda ijobiy hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Xalq roziligini, baxtli turmush kechirishini ta'minlashga qaratilgan sayyor qabullar, xalq bilan muloqotlar joylarda davom etmoqda.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM