2023-yil davomida amalga oshirilgan “Tashabbusli budjet” jarayonlari hisoboti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi KQ-213-IV-sonli qarorlari asosida “Ochiq budjet” axborot portalida “Tashabbusli budjet” jarayonlari o‘tkazib kelinmoqda.

“Ochiq budjet” portalining tashkil etilishidan maqsad bevosita fuqarolar tashabbus va talablarini inobatga olgan holda hududlardagi kamchilik va muammolarni bartaraf etishdan iborat.

2023-yil davomida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da shakillangan mablag`lar:

Fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni amalga oshirish uchun tuman hokimligida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisob varag‘i shakllantirildi. Ushbu jamg‘armaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvar holatiga erkin qoldiq mablag‘larining 30 foizi 273,6 mln.so‘m, 2023-yil 1-yanvar holatiga viloyat erkin qoldiq mablag‘laridan 183,0 mln.so‘m, 2023-yil daromadlarining hisobot choraklari yakunlari bo‘yicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilgan qismidan 1 234,6 mln.so‘m, 2022-yil va 2023 yil 1-mavsumidan iqtisod qilingan mablag‘dan 744,7 mln.so‘m, QQS ning 15 foizdan 12 foizga pasaytirilishi hisobidan 85,3 mln.so‘m, tuman budjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi  9 650,9 mln.so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-sonli Qaroriga asosan 9 400,0 mln.so‘m ajratilgan mablag‘lar Xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlariga asosan o‘tkazilishi ta’minlandi.

Jamg‘armada 2023-yil boshida 1 237,4 mln.so‘m qoldiq mablag‘ mavjud bo‘lgan.

2023-yil 1-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha:

Joriy yil o‘tkazilgan 1-mavsum tashabbusli budjet jarayonlarida fuqarolar tomonidan 119 ta loyihalar ilgari surilib, 97 tasi ishchi komissiya tomonidan saralab olindi hamda ushbu loyihalarga 93 415 ta (jami aholi soniga nisbatan 59,1 foiz) ovoz berildi.

2023-yil 1-mavsumda o‘tkazilgan tashabbusli budjet jarayonlari yakunlariga ko‘ra, amalga oshirish qiymati 15 350,0 mln. so‘mni tashkil etgan 13 ta loyihalar (75 436 ta ovoz to‘plagan holda) g‘olib deb topildi.

Ya’ni, g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan buyurtmachi tashkilotlarni aniqlash bo‘yicha manzilli ro‘yxat shakllantirilib, xalq Deputatlari tuman Kengashining 2023-yil 26-apreldagi IV-69-39-7-99-K/23-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Har bir loyiha uchun buyurtmachi tashkilotlarga “401722...”mablag‘lar manbasi bilan alohida hisob varaqlar ochilgan holda mablag‘lar o‘tkazib berildi va axborot portalida “g‘olib” deb topilmagan boshqa loyihalar moliyalashtirilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2023-yil 26-apreldagi IV-69-39-7-99-K/23-sonli  qarori bilan “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar hisobidan:

1-o‘rinni “Nurobod tumani "Jom" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ichki yo‘lni (23-umumta’lim maktabidan boshlab-Dukir-Tinchlik) asfalt qilish” taklifini amalga oshirish uchun 1 200,0 mln.so‘m;

2-o‘rinni “Nurobod tuman Tim qishlog‘idagi Arabota MFY dan Bunyodkor MFY gacha bo‘lgan tugallanmay qolgan oraliq yo‘lga asfalt yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun 1 200,0 mln.so‘m;

3-o‘rinni “Nurobod tuman Omondara MFY (Gagarin ko‘chasi) ko‘chasining sel yuvib ketgan qismini ta’mirlash, mavsumiy sellarga qarshi temir-beton devorlarni barpo qilish, mavjud yo‘lni asfaltlashtirish va yoritish chiroqlarini o‘rnatish” taklifini amalga oshirish uchun 1 150,0 mln.so‘m;

4-o‘rinni “Nurobod tuman Qo‘rg‘oncha MFY 49-umumta’lim maktabiga boradigan ichki yo‘lga asfalt yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun 1 200,0 mln.so‘m;

5-o‘rinni “Nurobod tuman Chorvador MFY Hazarmali qishlog‘idan Olg‘a MFY ga borish yo‘liga asfalt yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun 1 200,0 mln.so‘m;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-sonli Qaroriga asosan 2023-yil 1-mavsumda g‘olib deb topilmagan, ammo 2 mingdan ortiq ovoz to‘plab g‘olib deb topilgan loyihalar:

6-o‘rinni “Nurobod tumani Nurbuloq MFY dagi o’quvchilar 2 smenada o‘qiydigan 41-umumta’lim maktabiga qo‘shimcha o‘quv binosini qurish” taklifini amalga oshirish uchun 1 200,0 mln.so‘m;

7-o‘rinni “Nurobod tumani Mash’al MFY da joylashgan Tuman tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi uchun qo‘shimcha bino qurish” taklifini amalga oshirish uchun 1 200,0 mln.so‘m;

8-o‘rinni “Nurobod tuman Chortut MFY Tovoqbuloq qishlogʻi asosiy kirish yoʻliga asfalt qoplamasi yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun 1 200,0 mln.so‘m;

9-o‘rinni “Nurobod tuman Ag‘ron MFY dagi markaziy yo‘lga asfalt yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun 1 200,0 mln.so‘m;

10-o‘rinni “Sahoba MFY, Sahoba qishlog‘ining asosiy ko‘chasiga asfalt yotqizish hamda o‘quvchilarning maktabga kelish va ketishi uchun piyodalar yo‘lakchasi barpo etish” taklifini amalga oshirish uchun 1 200,0 mln.so‘m;

11-o‘rinni “Nurobod tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 67-maktabning atrofini o‘rash va fasad qismini kapital ta’mirlash hamda moddiy-texnik bazasini boyitish” taklifini amalga oshirish uchun 1 mlrd so‘m;

12-o‘rinni “Nurobod tuman Olg‘a MFY dan tuman markaziga olib boruvchi, hamda O'rtabo‘z, Mehr, Olg‘a va Hazarmali qishloqlarini birlashtiruvchi avtomobil yo‘lini tosh bilan qoplangan qismini asfaltlash” taklifini amalga oshirish uchun 1 200,0 mln.so‘m;

13-o‘rinni “Nurobod tuman Tepaqul MFY va Uyrug‘ul qishlog‘iga kirish qismiga asfalt yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun 1 200,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratilgan.  

Bugungi kunga qadar ushbu g‘olib deb topilgan takliflarni amalga oshirish “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, belgilangan tartibda amalga oshirildi.

Jumladan:

1-o‘rinni egallagan “Nurobod tumani "Jom" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ichki yo‘lni (23-umumta’lim maktabidan boshlab-Dukir-Tinchlik) asfalt qilish” taklifini amalga oshirish uchun Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga 1 200,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib, "ASATBEK AGRO FRUITS" MCHJ bilan 1 128,6 mln. so‘mlik ichki yo‘lga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda ishlar 100 foiz bajarilgan.

2-o‘rinni egallagan “Nurobod tuman Tim qishlog‘idagi Arabota MFY dan Bunyodkor MFY gacha bo‘lgan tugallanmay qolgan oraliq yo‘lga asfalt yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga 1 200,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib, "ABZ Uktam Ali Qurilish unitar korxonasi" bilan 1 128,6 mln. so‘mlik ichki yo‘lga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda ishlar 100 foiz bajarilgan.

3-o‘rinni egallagan “Nurobod tuman Omondara MFY (Gagarin ko‘chasi) ko‘chasining sel yuvib ketgan qismini ta’mirlash, mavsumiy sellarga qarshi temir-beton devorlarni barpo qilish, mavjud yo‘lni asfaltlashtirish va yoritish chiroqlarini o‘rnatish” taklifini taklifini amalga oshirish uchun tuman "Yagona buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 200,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib, “SHAVKAT QURUVCHI SERVIS” MCHJ bilan 1 041,8 mln. so‘mlik qurilish va ta’mirlash ishlari uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda ishlar to‘liq yakuniga yetkazilgan.

4-o‘rinni egallagan “Nurobod tuman Qo‘rg’oncha MFY 49-umumta’lim maktabiga boradigan ichki yo‘lga asfalt yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 200,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib, "Quruvchi Bunyodkor Dizayn Servis" MCHJ bilan 1 087,6 mln. so‘mlik ichki yo‘lga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfalt yotqizish ishlari 100 foiz bajarilgan.

5-o‘rinni egallagan “Nurobod tuman Chorvador MFY Hazarmali qishlog‘idan Olg‘a MFY ga borish yo‘liga asfalt yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 200,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib, "XURSHID TRANS-KATK" MCHJ bilan 929,3 mln. so‘mlik ichki yo‘lga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda ishlar 100 foiz bajarilgan.   

6-o‘rinni egallagan “Nurobod tumani Nurbuloq MFY dagi o‘quvchilar 2 smenada o‘qiydigan 41-umumta’lim maktabiga qo‘shimcha o‘quv binosini qurish” taklifini amalga oshirish uchun "Yagona buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 200,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali e’lon kiritilib, "Samarqand maxsus suv drenaj" MCHJ bilan 1 139,1 mln. so‘mlik qurilish ishlarini amalga oshirish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda o‘quv binosi qurilish ishlari yakuniy bosqichlarga kelgan.

7-o‘rinni egallagan “Nurobod tumani Mash’al MFY da joylashgan Tuman tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi uchun qo‘shimcha bino qurish” taklifini amalga oshirish uchun "Yagona buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 200,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib, " Samarqand maxsus suv drenaj" MCHJ bilan 1 081,3 mln. so‘mlik qurilish ishlarini amalga oshirish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda shifoxona uchun qo‘shimcha bino qurilish ishlari ham yakuniy bosqichlarga kelgan.

8-o‘rinni egallagan “Nurobod tuman Chortut MFY Tovoqbuloq qishlogʻi asosiy kirish yoʻliga asfalt qoplamasi yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga 1 200,0 mln so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib, "SAM SHOXINUR QURILISH" MChJ bilan 1 114,3 mln so‘mlik ichki yo‘lga  asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda asfaltlash ishlari 100 foiz bajarilib, foydalanishga topshirilgan.

9-o‘rinni egallagan “Nurobod tuman Ag‘ron MFY dagi markaziy yo‘lga asfalt yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga 1 200,0 mln so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib, "SAM SHOXINUR QURILISH" MChJ bilan 1 128,6 mln so‘mlik ichki yo‘lga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda asfaltlash ishlari 100 foizga bajarilib, foydalanishga topshirilgan.

10-o‘rinni egallagan “Sahoba MFY, Sahoba qishlog‘ining asosiy ko‘chasiga asfalt yotqizish hamda o‘quvchilarning maktabga kelish va ketishi uchun piyodalar yo‘lakchasi barpo etish” taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 200,0 mln so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib, "JAVOXIR TAMIR QURILISH" MChJ korxonasi bilan 1 067,2 mln so‘mlik ishlar bajarilishi uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda ishlar 100 foiz bajarilgan.

11-o‘rinni egallagan “Nurobod tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 67-maktabning atrofini o‘rash va fasad qismini kapital ta’mirlash hamda moddiy-texnik bazasini boyitish” taklifini amalga oshirish uchun "Yagona buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 mlrd so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib "Quruvchi Uchqun Akmalovich" MCHL bilan 901,9 mln so‘mlik qurilish ishlarini amalga oshirish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda maktab binosini kapital ta’mirlash ishlari 100 foiz yakunlangan, maktab binosi to‘liq quvvatda faoliyat ko‘rsatmoqda.

12-o‘rinni egallagan “Nurobod tuman Olg‘a MFY dan tuman markaziga olib boruvchi, hamda O‘rtabo‘z, Mehr, Olgֹ‘a va Hazarmali qishloqlarini birlashtiruvchi avtomabil yo‘lini tosh bilan qoplangan qismini asfaltlash” taklifini amalga oshirish uchun Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga 1 200,0 mln so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e'lon berilib, "Samarqand O’zbekgazsuvqurilish" MChJ bilan 1 128,6 mln so‘mlik yo‘lga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda asfaltlash ishlari 100 foiz bajarilib, foydalanishga topshirilgan.

13-o‘rinni egallagan “Nurobod tuman Tepaqul MFY va Uyrug‘ul qishlog‘iga kirish qismiga asfalt yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga 1 200,0 mln so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib, "TEX NUR KAFOLAT" MChJ bilan 1 128,6 mln so‘mlik yo‘lga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda asfaltlash ishlari 100 foiz bajarilib, yo‘l foydalanishga topshirilgan.

2023-yil 2-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha:

Joriy yil o‘tkazilgan 2-mavsum tashabbusli budjet jarayonlarida fuqarolar tomonidan 149 ta loyihalar ilgari surilib, 115 tasi tuman ishchi komissiyasi tomonidan saralab olindi hamda ushbu loyihalarga 120 303 ta (jami aholi soniga nisbatan 76,1 foiz) ovoz berildi.

Jamg‘armaga yo‘naltirilgan 7 020,0 mln. so‘m mablag‘lar doirasida 2-mavsumda o‘tkazilgan tashabbusli budjet jarayonlari yakunlariga ko‘ra amalga oshirish qiymati 6 600,0 mln. so‘mni tashkil etgan 5 ta loyihalar (42 910 ta ovoz to‘plagan holda) g‘olib deb topildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2023-yil 4-oktabrdagi VI-76-102-7-99-K/23-sonli  qarori bilan “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar hisobidan, 

1-o‘rin “Qo‘rg’oncha MFY Oltio‘g‘il qishlog’iga olib boruvchi 13 -10 km gacha yo‘liga asfalt yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun 1 320,0 mln.so‘m; 

2-o‘rin “Qilichli MFY da 400 dona simyog‘ochni almashtirish, 4 dona transformator o‘rnatish va 20 000 metr kabel tortish” taklifini amalga oshirish uchun 1 320,0 mln.so‘m;

3-o‘rin “Boshquduq MFY ni Pastdarg‘om tumaniga bog‘lovchi ichki yo‘lga asfalt yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun 1 320,0 mln.so‘m; 

4-o‘rin “Qo‘rg‘oncha MFY Sahro uchastkasi Ostonabobo qishlog‘idan (asfalt  yo‘l tugagan joydan) Oqtosh qishlog‘i orqali Langar qishlog‘igacha bo’lgan 3 km yo‘lni asfaltlash” taklifini amalga oshirish uchun 1 320,0 mln.so‘m;

5-o‘rin “Qo‘rg’oncha MFY Ag‘roncha, Qarg‘ali, Oltio‘g‘il-2, Shovvoz, Tepalik, Qo‘chqorli ota, Changali  qishloqlarini mahalla markazi va bozor bilan bog‘lash yo‘lini asfaltlash” taklifini amalga oshirish uchun 1 320,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratilgan.

Bugungi kunda ushbu g‘olib deb topilgan takliflarni amalga oshirish “Davlat xaridlari to‘g‘risida” gi qonunga muvofiq, belgilangan tartibda amalga oshirildi. Jumladan;

1-o‘rin “Qo‘rg’oncha MFY Oltio‘g’il qishlog’iga olib boruvchi 13-10 km gacha yo’liga asfalt yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun “Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi” ga 1 320,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib, "NEW TECH SAMARKAND" MChJ bilan 1 247,1 mln. so‘mlik ichki yo‘lga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda.

2-o‘rin “Qilichli MFY da 400 dona simyog‘ochni almashtirish, 4 dona transformator o‘rnatish va 20 000 metr kabel tortish” taklifini amalga oshirish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand viloyati filialiga 1 320,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda taklifning loyiha-smeta hujjatlarini shakllantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib, "BUXORO ELEKTROTEXLOYIXA" MChJ tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan, hozirda pudratchi tashkilotni aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portaliga e’lon berilgan.

3-o‘rin “Boshquduq MFY ni Pastdarg‘om tumaniga bog‘lovchi ichki yo‘lga asfalt yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga 1 320,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib, "NEW TECH SAMARKAND" MCHJ bilan 1 236,5 mln. so‘mlik ichki yo‘lga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda ishlar 100 foiz bajarilgan.

4-o‘rin “Qo‘rg‘oncha MFY Sahro uchastkasi Ostonabobo qishlog‘idan (asfalt  yo‘l tugagan joydan) Oqtosh qishlog‘i orqali Langar qishlog‘igacha bo’lgan 3 km yo‘lni asfaltlash” taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK 1 320,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib, "MIRAQAS" X/K bilan 1 319,8 mln. so‘mlik ichki yo‘lga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda.

5-o‘rin “Qo‘rg’oncha MFY Ag‘roncha, Qarg‘ali, Oltio‘g‘il-2, Shovvoz, Tepalik, Qo‘chqorli ota, Changali  qishloqlarini mahalla markazi va bozor bilan bog‘lash yo‘lini asfaltlash” taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK 1 320,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib "KAR DAV STORY S" X/K bilan 1 299,5 mln. so‘mlik ichki yo‘lga asfalt yotqizish uchun shartnoma tuzilgan, bugungi kunda asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda.

 

G‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan buyurtmachi tashkilotlarni aniqlash bo‘yicha manzilli ro‘yxat shakllantirilib, xalq Deputatlari tuman Kengashining 2023-yil 4-oktyabrdagi VI-76-102-7-99-K/23-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Har bir loyiha uchun buyurtmachi tashkilotlarga “401722...”mablag‘lar manbasi bilan alohida hisob varaqlar ochgan holda mablag‘lar o‘tkazib berildi va axborot portalida “g‘olib” deb topilmagan boshqa loyihalar moliyalashtirilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Ushbu jarayonlarning barcha bosqichlari jamoatchilik hamda loyiha tashabbuskorlari ishtirokida o‘tkazilishini ta’minlash hamda loyihada ko‘zda tutilgan tadbirlarni sifatli tarzda amalga oshirilishi (tovar yoki xizmatlarni xarid qilinishi) hamda bajarilgan ishlarni loyiha tashabbuskorlari ishtirokida qabul qilib olinishini ta’minlash bo‘yicha tizimli nazorat o‘rnatilgan.

Shuningdek, “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da “Tashabbusli budjet” loyihasiga alohida e’tibor qaratilganligini inobatga olib, ushbu jarayonlarni shaffof tarzda o‘tkazilishini, g‘olib deb topilgan loyihalarni qisqa muddatlarda hamda sifatli amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Tashabbusli budjetlashtirish jarayonini amalga oshirish mexanizmi va uning mohiyatini aholi o‘rtasida tizimli ravishda keng yoritib borilishini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi tomonidan tuman hokimligining rasmiy veb-saytida maqola va videoroliklar joylashtirildi hamda “Nurobod” gazetasida maqola chop etilib, g‘olib takliflar yoritilishi ta’minlandi.

 

                        Nurobod tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i:                                                   (imzolangan)                                                   O.E.Abdusalomov

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM