"Mahallada duv-duv gap" ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni paytda Nurobod tumanidagi Navro‘z, Boshquduq, Mash’al va Arabota mahallalarida "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostidagi "Mahallada duv-duv gap" ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tumanning 1-sektor hududidagi Navro‘z mahallasida bo‘lib o‘tayotgan tadbirda tuman hokimi, 1-sektor rahbari S.Berdiqulov ishtirok etib, yig‘ilganlarni yana bir bor kirib kelgan yangi yil bilan qutlab, Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlar to‘g‘risida hayotiy misollar bilan tushunchalar berdi.

Tadbir davomida turli ko‘ngilochar madaniy chiqishlar bo'lib o'tmoqda.

Bu kabi tadbirlar kunning ikkinchi yarmida tumanning Amir Temur, Oltinsoy, Qilichli va Sahoba mahallalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM