Siyosiy-ma’rifat o‘quv soati bo‘lib o‘tdi

Bugun Nurobod tumani hokimligi apparati xodimlari haftaning har juma kuni tashkil etilib kelinayotgan navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati"da ishtirok etishdi.

O‘quv soati davomida quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tildi:

- Videolavha namoyishi: Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun “Siz qiladigan eng katta moliyaviy       xatolar”, “Kelajakda mehnat bozorida eng ko‘p talabga ega ko‘nikmalar", “Davlat xizmatchilarining kelajakdagi roli qanday"?

- "Mutolaa vaqti” rukni

- "Konstitusiyaviy savodxonlik" rukni

Bundan tashqari davlat xizmatchilariga O‘zbekiston va xorij hayotidagi eng  muhim yangiliklar haqida ham ma’lumotlar berildi.

Mazkur o‘quv soatini Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining  ilm.argos.uz platformasi hamda YouTube (https://youtu.be/BBywxDHeL80?si=Hc6H2NmRGjJJ1A26)dagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM