Sayyor qabulda Saroy va Sazag‘on mahallari aholisining muammolari tinglandi

Xalq dardini tinglash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni hal qilish, farovon hayot kechirishini ta’minlash bugungi kunda eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lmoqda.

Ayni shu maqsadni ko‘zlagan  holda tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida xalq bilan ochiq muloqotlar, sayyor qabullar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. 

Bugun ham ana shunday sayyor qabullardan biri Nurobod tumanining 1-sektor hududida joylashgan “Saroy“ va “Sazag‘on” mahallarida bo‘lib o‘tdi.

Fuqarolar va yoshlar bilan bo‘lgan uchrashuv davomida aholi tomonidan yo‘llangan 30 ga yaqin murojaatlar tinglandi.

Fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish maqsadida bugunning o‘zida amaliy ishlar boshlanib, ehtiyojmand yoshlarning, fuqarolarning muammolari joyiga chiqib o‘rganildi.

Qabul davomida tushgan murojaatlar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM