Yil oxiri va yangi yil boshida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar joriy yil oxiri va yangi yil avvalida qatorasiga uch kun – 30-31 dekabr va 1-yanvar kunlari dam olishadi.

Prezident farmoni bilan, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2023-yil 30-dekabr – shanba qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangan. Shu bois bu xodimlar yil yakunida 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar kabi dam olishadi.

1-yanvar esa, mehnat qonunchiligiga muvofiq, barcha xodimlar uchun ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanadi.

Yangi 2024-yil avvalidagi ish va dam olish kunlari o‘zgarishi mumkin. Bu – “2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilingach ma’lum bo‘ladi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM