Nurobodda “Qo‘mondon va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Bugun Nurobod tumani 18-son Bolalar musiqa va san’at maktabida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Qahramon Achilov nurobodlik yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatga qiziqtirish maqsadida tashkil etilib, o‘quvchi yoshlarga “Xalq va armiya bir tanu – bir jon” shiorining tub mohiyati, Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar, harbiy xizmat o‘tash borasida so‘z yuritildi.

Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tib, o‘quvchi-yoshlar harbiy qo‘mondon o‘rinbosariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi.

Uchrashuvda tumandagi “Vatan tayanchi bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati” a’zolariga emblema guvohnomalari hamda faol o‘quvchi-yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM