Fuqarolar murojaati tinglandi

Nurobod tumani Mahalla markazida tuman hokimi S.Berdiqulov tuman aholisi uchun navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Fuqarolar qabulida aholining murojaatlarini tezkor va ijobiy hal etish uchun tegishli tuman hokimining o’ribbosarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Qabul davomida 30 ga yaqin fuqarolardan murojaatlar kelib tushib, murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal qilindi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan muammolarni qisqa fursatlarda hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM