4-oktabr – Butunjahon hayvonlarni muhofaza qilish kuni

Butunjahon hayvonlarni muhofaza qilish kuni (World Animal Day) insoniyatni tabiatning bir bo‘lagi bo‘lgan hayvonlarni muhofaza etishga chorlaydi.

1931-yili Florensiya (Italiya) shahrida hayvonlarni muhofaza qilish harakati  tarafdorlarining Xalqaro kongressi o‘tkazilib, unda oktyabr oyining 4 sanasini Butunjahon hayvonlarni muhofaza qilish kuni sifatida belgilashga kelishildi. 

Jonivorlarning hayotiga tahdid soladigan bir qancha omillar borki, ularning aksariyati, afsuski, inson faoliyati bilan bog‘liq. 

Mazkur ekologik sana hayvonlar ham e’tibor va mehrga muhtojligini, ularni asrash – Ona tabiatni asrash ekanligini eslatib turadi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM