Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda rad etilishi haqida bilasizmi? 

Hukumatning 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

- belgilangan muddatda tegishli to‘lov miqdori to‘lanmasligi; 

- so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

- ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

- ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

- vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM