O‘zbek tili qoidalariga rioya qilganlar rag‘batlantirilib, rioya qilmaganlar ogohlantirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurobod tumani hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tumani hokimining maslahatchisi A.Abduraimov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan davlat tashkilotlarining tashqi yozuvlari, tadbirkorlik subyektlarining reklama bannerlari o‘rganilganda bir qator qonun buzilish holatlari aniqlanib, o‘zbek tili qoidalariga rioya qilinmagan tashqi reklama bannerlari olib tashlandi.

Shuningdek, o‘zbek tili qoidalariga rioya qilgan bir guruh tadbirkorlik subyektlari rahbarlariga tuman hokimligining tashakkurnomalari topshirildi.

Bu kabi ishlar tumanda muntazam ravishda olib borilmoqda.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM