Hokimliklarning ijro nazoratiga mas’ul xodimlari tajriba almashdi

Yaqinda Toshkent shahrida mahalliy hokimliklarning ijro nazoratiga mas’ul xodimlari ishtirokida respublika seminari o‘tkazildi.

Korxona va tashkilotlarda ijro intizomini mustahkamlash, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari ijrosini nazorat qilish, ijro.gov.uz tizimi bilan ishlash bo‘yicha tajriba almashildi.

Unda Edo.ijro.uz tizimining afzalliklari taqdimot qilindi. Tadbir ishtirokchilari Vazirlar Mahkamasi, Adliya hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi faoliyati bilan tanishishdi.

O'quv seminarlarda Nurobod tumani hokimligi mas’ul xodimi U.Tilavov ham faol qatnashdi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM