Hurmatli ommaviy axborot vositasi vakillari, jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Joriy yilning 27-iyul kuni (ertaga) Nurobod tumani hokimligi tomonidan press-tur tashkil qilinadi.

Press-tur davomida Nurobod tumani “Olg‘a” mahallasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari, hududdagi yangilik va o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishish imkoni bo‘ladi. 

Mutasaddilar ishtirokida sizlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytariladi.

Eslatib o‘tamiz, transport ertaga soat 08:30 da viloyat Matbuot uyi oldidan harakatlanadi.

Ma’lumot uchun: +99893 724-23-75

Nurobod tumani hokimligi

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM