Tuman hokim Saroyqo‘rg‘onda sayyor qabul o‘tkazdi

Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulovning Nurdum mahallasi Saroyqo‘rg‘on qishlog‘ida navbatdagi sayyor qabul va yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Hudud fuqarolari va yoshlari ishtirokidagi sayyor qabulda turli mazmundagi murojaatlarning 5 tasi joyida qanoatlantirilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq vazifa va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan qishloq hududida maktabgacha ta’lim tashkilotining yo‘qligi va umumta’lim maktabidagi mavjud muammolar to‘g‘risidagi murojaatlari tuman rahbari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM