Taʼlim muassasalarinining xavfsizligini taʼminlash hamda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi

Milliy Gvardiya Samarqand viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi Nurobod tuman qo'riqlash bo'limi tomonidan maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarida qorovullik vazifasida faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlar bilan taʼlim muassasalarinining xavfsizligini taʼminlash hamda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda qorovullik vazifasida ishlayotgan xodimlar oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar haqida tushunchalar berildi.  Taʼlim muassasalarining xavfsizligini taʼminlash chog‘ida hamda favqulodda holatlar yuz berganda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar va  qoʻriqlash xizmatiga tezkor murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM