Xotin-qizlar masalasi muhokama qilindi

Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, fuqaroliq ishlari bo‘yicha tuman sudi, tuman adliya bo‘limi hamkorligida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda tuman markazidagi Amir Temur, Navro‘z, Sharq Yulduzi mahallalarining xotin-qizlar faollari, mahallalardagi oqila ayollar, otinoyilar hamda imom xatiblar ishtirok etishib, hududdagi erta turmush, oilaviy ajrimlar, noqonuniy shariy nikohlarni oldini olish borasidagi masalalar muhokama qilindi.

Tadbir ishtirokchilariga qonunchiligimizda belgilangan normalar tushuntirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM