Sanoat usulida parrandachilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi

Nurobod tumani hokimligida tumandagi aholi xonadonlarida sanoat usulida parrandachilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Seminarda tuman hokimi S.Berdiqulov, sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yig'inlari raislari, hokim yordamchilari va tashabbuskorlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida “Qo‘shrabot lomann parranda” MCHJning faoliyati bilan tanishilib, korxona yuqori zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlanganligi, bugungi kunda aholi bilan uy sharoitida ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilganligi, daromadsiz oilalar bilan qanday tartibda ishlanayotgani, ularning iqtisodiy sharoiti qay darajada yaxshilanayotganligi ko‘rsatib o‘tildi.

Seminar so‘ngida “Qo‘shrabot lomann parranda” MCHJ tomonidan mahallalarda parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilishi belgilandi.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM